Eksperiment tariqasida 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Reyting natijasiga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi faoliyati «yaxshi», Adliya vazirligi va poytaxt hokimligi faoliyati «qoniqarli», XTV, SSV, Qurilish, Moliya vazirliklariniki esa «qoniqarsiz» deb topildi.
O‘zbekiston maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash maqsadida 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy qilinadi. Uning natijalari asosida maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi. Agar maktab «qizil» toifaga tushib qolsa, davlat organlari u yerda uchrashuv, motivatsion suhbat va master-klasslar, «Vatanparvarlik» darslari va poligonlarda ikki kunlik harbiy-dala mashg‘ulotlari, qolaversa, «Vatanga xizmat — oliy fazilat» mavzularida davra suhbatlarini o‘tkazadi.
1 fevraldan boshlab 26 ta davlat tashkilot va organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy qilinadi. Ro‘yxatdan 11 ta vazirlik, 4 ta davlat qo‘mitasi, 7 ta agentlik va 4 ta hokimiyat o‘rin olgan va ularning faoliyati 5 ta indikator asosida baholanadi. 1 iyuldan esa reyting barcha davlat tashkilotlarida joriy qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting